Live
2
O'zbek

Mourinio: «Zaif hakamni tayinlagan qo‘mitani tabriklayman»

Futbol
20 sentabr, 15:54
    25
«Real» bosh murabbiyi derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng hakamlarning ishidan noroziligini bildirdi.
Mourinio: «Zaif hakamni tayinlagan qo‘mitani tabriklayman»
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 1 Real Madrid Real Madrid

Joze Mourinio La Liga 7-turidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Real» bahsida Migel Anxel Ortis Arias boshchiligidagi hakamlar brigadasining ishidan norozi bo‘ldi.

Mehmonlar ikkinchi bo‘lim boshida Din Heysenning maydondan chetlatilishi natijasida bir kishi kam bo‘lib qolishdi. «Matraschilar» esa penaltidan hisobni ochishdi va yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«Hakamga derbida ishlash uchun tajriba yetishmadi. U 41 yoshda. U — faqat kichik o‘yinlarni boshqargan kuchsiz hakam. Bunday tayinlov uchun hakamlar qo‘mitasini tabriklayman.

Ammo senyor Truxiloning «Real» bilan bog‘liq tarixi bor. Kubokda, «Jirona» va «Osasuna»ga qarshi o‘yinlarda. Bu — juda boy tarixga ega VAR»,
— deya «Real» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi Marca.

Avvalroq “Real” televideniyasi “Atletiko”ning ikki futbolchisi chetlatilmagani yuzasidan norozilik bildirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar