Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi.
54 yoshli mutaxassis kutilganidek, «uch ranglilar» sardori, Madridning «Real» klubi vakili Kilian Mbappeni tilga oldi.
«Menimcha, Mbappe dunyodagi eng yaxshi futbolchi. U hujumning har uchala pozitsiyasida ham birdek o‘ynay oladi, lekin shaxsan menga uni ayniqsa chap qanotda ko‘rish yoqadi», - deya Zidanning matbuot anjumanidagi so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Universal.
Eslatib o‘tamiz, afsonaviy sobiq yarim himoyachi Dide Deshamning o‘rniga 2026-yilgi jahon chempionatidan keyin Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, 25-sentyabr va 28-sentyabr kunlari fransuzlar Millatlar ligasi doirasida Turkiya va Belgiya milliy jamoalariga qarshi maydonga tushadi.