Live
7
O'zbek

Gabriel muzokaralar uchun Barselonaga uchib bordi

Futbol
19 sentabr, 09:56
«MYU»ning 15 yoshli iqtidori faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Gabriel muzokaralar uchun Barselonaga uchib bordi
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubining 15 yoshli iqtidorli tarbiyalanuvchisi Jey-Jey Gabriel yangi klubga o‘tishi mumkin. Futbolchiga La Liga klublaridan qiziqish va takliflar mavjud.

Insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berishicha, Gabrielga asosiy da’vogarlar sifatida Kataloniyaning «Barselona» va Madridning «Real» jamoalari qaralmoqda. Hozir Jey-Jey Barselonaga yetib borgan va «ko‘k-anorranglilar» bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jey-Jey «Manchester Yunayted» o‘smirlar jamoasi tarkibida, markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya premer-ligasi yangi mavsumini «qizil iblislar» omadsiz boshladi. Jamoa 4 ta turda 4 ochko jamg‘arib, jadvalning 13-pog‘onasini band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar