Italiya chempionatining 5-turida «Bolonya» o‘z maydonida «Torino»ni qabul qildi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
Mezbonlar 14-daqiqada Federiko Bernardeskining goli evaziga hisobni ochdi. «Torino» tanaffusgacha javob qaytara olmadi.
Ikkinchi bo‘limda turinliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 77-daqiqada Rolando Mandragoraning uzatmasidan so‘ng Sandro Kulenovich gol urdi.
Qolgan daqiqalarda jamoalar g‘alaba golini kiritish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq hisob o‘zgarmadi.
A Seriya. 5-tur
Bolonya — Torino 1:1
Gollar: Bernardeski 14 — Kulenovich 77.
Ogohlantirishlar: Bragansa 31, Belghali 74, Patterson 78.
Bolonya: Skorupski, Helland (Odgor, 58), Heggem, Teate, Dzortea (Xolm, 84), Fergyuson, Pobega (Moro, 77), Miranda, Bernardeski (Orsolini, 77), Kambyagi (De Silvestri, 58), Pikolli.
Torino: Perri, Kyomert (Ilxan, 69), Ismayli, Koko, Fortini (Patterson, 46), Bragansa (Belghali, 69), Mandragora, Fits-Jim (Kulenovich, 55), Kachchamani, Simeone, Vlashich (Oristanio, 68).