«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «Barselona»ning mavsumdagi natijalari va jamoalar o‘rtasidagi farq haqidagi savolga javob berdi. Mutaxassis «Real»ni tarixiy va madaniy jihatdan boshqa klublar bilan taqqoslamasligini ta’kidladi.
«Tarixiy va madaniy jihatdan «Real» o‘zini hech qaysi jamoa bilan taqqoslay olmaydi. Shu sababli o'zimizni boshqa jamoalar bilan solishtirmayman. Men faqat o‘zimiz, muammolarimiz va yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar haqida gapiraman. «Real» haqida ijobiy gaplarni eshitish tobora qiyinlashayotganiga qaramay, biz kamtarlikni saqlagan holda ishlashda davom etamiz», — dedi Mourinio.
Portugaliyalik mutaxassis jamoada muammolar borligini tan olish bilan birga, ijobiy jihatlar ham yetarli ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Real» so‘nggi bahslarda qiyin vaziyatlardan chiqib keta oladigan jismoniy va ruhiy kuch namoyish etgan.
«Elche»ga qarshi bahsda 2:0 hisobida oldinda borib, 80-daqiqadan keyin raqibga hisobni tenglashtirish imkonini berishimiz normal holat emas. Ammo shundan keyin o‘zgardik, birinchi, ikkinchi, uchinchi imkoniyatlarni yaratdik va g‘alaba qozondik. «Betis»ga yutqazish ham normal emas, ammo biz o‘zimizga bo‘lgan ishonchni saqlab qoldik», — deya Mourinio so‘zlarini keltirdi.
Bosh murabbiy «Real» mavsum davomida jamoaviy kuch va qat’iyat muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. U mavsumni qisqa masofaga emas, uzoq davom etadigan marafonga qiyosladi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» yakshanba kuni La Liga 7-turi doirasida «Atletiko»ga qarshi Madrid derbisida maydonga tushadi. Bellashuv 20-sentyabr kuni soat 19:15 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya chempionatining dastlabki olti turida ochko yo‘qotmagan va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa ushbu bahs oldidan o‘z natijalarini yaxshilash uchun «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.