Live
9
O'zbek

Simeone: «Mourinioga nisbatan katta hurmatim bor»

Futbol
19 sentabr, 07:45
«Atletiko» bosh murabbiyi «Real» bilan bo‘lajak derbi oldidan raqib haqida gapirdi.
Simeone: «Mourinioga nisbatan katta hurmatim bor»
Foto: Getty Images
20.09.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid - : - Real Madrid Real Madrid

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone La Ligadagi 7-tur doirasida «Real»ga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan fikr bildirdi. Argentinalik mutaxassis raqibning tezkor hujumlarga o‘tishdagi imkoniyatlarini alohida ta’kidladi. Madrid derbisi 20-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

«Hammasi har bir jamoaning o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq. Raqib bizdan ko‘ra hujumga o‘tish bosqichida yaxshiroq bo‘ladi, ularning o‘yin uslubi vertikalroq. Ular kuchli futbolchilardan tashkil topgan va bunday vaziyatlardan foydalanishni yaxshi bilishadi», — dedi Simeone AS nashriga bergan intervyusida.

Murabbiyning fikricha, «Atletiko» to‘p yo‘qotilgan vaziyatlarda raqibga qulay sharoit yaratib qo‘ymasligi kerak. Simeone jamoasi «Real»ning tezkor hujumlarini cheklash uchun o‘yinni imkon qadar to‘g‘ri tashkil etishi lozimligini qayd etdi.

«Biz o‘yinni imkon qadar to‘g‘ri qurishimiz kerak. To‘p yo‘qotishlarimiz sababli raqib o‘zining tezkor hujumlarida o‘zini qulay his qilmasligi muhim», — dedi «Atletiko» ustozi.

Simeone, shuningdek, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinioga bo‘lgan hurmati haqida gapirdi. Argentinalik mutaxassis portugaliyalik murabbiyning faoliyatini yuqori baholashini va u bilan avvalgi bahslardagi kabi kurash olib borishni istashini bildirdi.

«Ko‘p yillar avvalgi voqealarga chuqur kirib borishni istamayman. Mourinioga nisbatan juda katta hurmatim bor. Men uning muxlisiman va uni qanchalik qadrlashimni u biladi. U bilan avvalgi bahslarda qanday kurashgan bo‘lsak, bu safar ham shunday raqobat qila olishimizni istardim», — dedi Simeone.

Ma’lumot uchun, «Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi La Liga 7-tur bahsi 20-sentyabr kuni Madridda o‘tkaziladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar