Jurnalist Mario Kortegananing ma’lumotiga ko‘ra, Jud Bellinghem har bir mashg‘ulotdan keyin qo‘shimcha ravishda trenajyor zalida shug‘ullanadi.
Klub ichidagi manbaga tayangan jurnalistning qayd etishicha, 23 yoshli yarimhimoyachi «Real»da eng intizomli futbolchi sifatida e’tirof etilmoqda.
Bellinghem ushbu mavsumda barcha turnirlarda yettita bahsda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» 20 sentyabr kuni La Liganing 7-turida safarda «Atletiko»ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Bellinghem 2023 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi