Ispaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan ikki bahs yakunlandi. «Betis» (15, 3-o‘rin) o‘z maydonida «Xetafe»ni (5, 16-o‘rin) qabul qilib, minimal hisobda g‘alaba qozondi.
«Vilyarreal» (5, 14-o‘rin) mehmonda «Malaga»dan (13, 19-o‘rin) ustun keldi. «Sariq suvosti kemasi» safida Moleyro va Guye (dubl) gollarga mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli Karlos nomiga yozildi.
La Liga. 6-tur
Malaga – Vilyarreal 1:3
Gollar: Karlos 12 – Moleyro 40, Guye 45, Guye 86 penalti.
Malaga – Errero, Puga (Enrikes, 75), Resio, Galileya, Salinas (Rafita, 46), Merino (Adrian, 61), Kruz, Larrubiya, Karlos (Munyoz, 61), Pablo Martines, Chupe.
Vilyarreal – Gulachi, Friman, Navarro, Veyga, Kardona, Axomash (Karlos Romero, 63), Saliba, Komesanya, Byukenen, Moleyro (Mourinio, 80), Peres (Mikautadze, 63).
Betis – Xetafe 1:0
Gol: Ezzalzuli 45.
Betis – Valles, Ortis (Bellerin, 46), Natan, Gomes, Firpo, Deossa, Antoni (Fidalgo, 90+2), Bernal, Isko (Sebalyos 61), Ezzalzuli (Rikelme, 72), Perrott (Ernandes, 72).
Xetafe – Soriya, Andres Garsiya, Diyene, Romero, Davinchi (Moxika, 46), Gudel, Serrano, Mangala (Alkantara, 81), Mario Martin, Satriano (Unal, 46), Monson.
Chetlatish: Mario Martin 87.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi