Live
1
O'zbek

«Barselona»ga «Real» hujumchisi taklif qilingan

Futbol
17 sentabr, 08:00
Karlos Espi Madrid klubiga o‘tishidan avval Kataloniya klubiga taklif etilgan.
«Barselona»ga «Real» hujumchisi taklif qilingan
Foto: Getty Images

Carrusel Deportivo xabariga ko‘ra, o‘tgan yozda «Barselona»ga «Levante» hujumchisi Karlos Espini 25 mln yevroga sotib olish taklif qilingan. Biroq kataloniyaliklar bu taklifni rad etgan.

Klubda ushbu summa asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmagan hujumchi uchun juda yuqori deb hisoblangan. Bundan tashqari, «Barselona» tarkibida yosh forvard Hamza Abdelkarim ham bor edi.

Yozgi transfer oynasida Espi 25 mln yevro evaziga «Real» safiga o‘tdi.

21 yoshli hujumchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Ma’lumot uchun, Espi «Real» bilan shartnomasini 2026 yilning yozida imzolagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar