«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya o‘ng tizzasidagi jarohat sabab taxminan uch hafta safdan chiqdi.
AS xabariga ko‘ra, futbolchining o‘ng tizzasi meniskida kichik qisilish aniqlangan. Unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazish talab etilmaydi.
25 yoshli darvozabon 19 sentyabr kuni La Liga 7-turida «Sevilya»ga qarshi safar bahsini o‘tkazib yuboradi. Garsiya 16 sentyabr kuni «Rasing»ga qarshi bahsning (7:2) birinchi bo‘limida jarohat olgan va tanaffusda uning o‘rniga Voysex Shesni maydonga tushgan.
Kutilishicha, milliy jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusdan so‘ng Garsiya safga qaytadi va 10 oktyabr kuni «Xetafe»ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Garsiya 2025 yil yozida «Barselona» safiga qo‘shilgan va klub bilan 2031 yil yozigacha shartnoma imzolagan.