Live
1
O'zbek

Rafinya «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga rozi

Futbol
17 sentabr, 10:40
Braziliyalik futbolchi yangi kelishuvga rozilik bergan, biroq Saudiya klublarining takliflari jarayonni kechiktirmoqda.
Rafinya «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga rozi
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Rafinyaning shartnomasini imkon qadar tezroq uzaytirishni istamoqda. Braziliyalik futbolchi yangi kelishuv bo‘yicha prinsipial roziligini bildirgan.

El Nacional xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klublari Rafinyaga «Barselona» taklif qila olmaydigan darajadagi maosh berishga tayyor. Shu sababli futbolchining atrofidagi vakillar yanada manfaatli shartlarni kutmoqda.

«Barselona» sport direktori Dеку Rafinyaning ushbu mavsumdagi formasi futbolchiga muzokaralarda kuchli pozitsiya berayotganini tushunmoqda. Bosh murabbiy Hans-Diter Flik esa Saudiya klublari futbolchini o‘ziga og‘dirib ketmasligi uchun shartnoma masalasini imkon qadar tezroq hal qilishni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Rafinyaning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar