Bugun
39
O'zbek

Futzal. Oʻzbekiston milliy jamoasi Vengriyani magʻlub etdi

Boshqa sportlar
17 sentabr, 14:46
Yagona gol Ilhom Hamroyev hisobiga yozildi.
Futzal. Oʻzbekiston milliy jamoasi Vengriyani magʻlub etdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi Vengriyada oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib bormoqda. Ular xorijdagi yigʻin doirasida Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik bahsini oʻtkazishdi. Unda vakillarimiz 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Yagona gol Ilhom Hamroyev hisobiga yozildi.

OʻFF matbuot xizmati xabar berishicha, butun oʻyin davomida Oʻzbekiston milliy jamoasi sezilarli ustunlikka ega boʻlgan. Toʻp nazorati, raqib darvozasi tomon yoʻllangan zarbalar hamda yaratilgan golli vaziyatlar boʻyicha raqibdan ustun kelgan.

19 sentyabr kuni ular ikkinchi oʻrtoqlik bellashuvida ishtirok etishadi.

Oʻrtoqlik uchrashuvi
Vengriya – Oʻzbekiston 0:1
Gol
: Ilhom Hamroyev 11
Oʻzbekiston milliy jamoasi (boshlangʻich beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 6.Ilhomjon Hamroyev, 7.Behruz Samiyev, 8.Xusniddin Nisonov, 9.Abror Ahmedzyanov.
Zaxiradagilar: 1. Shavkat Ibragimov, 2.Xayrullo Solihov, 3.Mashrab Adilov (s), 4.Jasur Oʻrinbosarov, 5.Shahzodjon Saʼdiyev, 10.Shahram Faxriddinov, 11.Sunnatilla Joʻrayev, 13.Shoxjahon Shonazarov, 14.Asilbek Vafoyev.

Bugungi yangiliklar