«Espanyol» hujumchisi Roberto Fernandes «Barselona» qiziqish bildirayotgan futbolchilar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning talabi bilan klubning ehtimoliy transferlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Fernandesning transferiga Italiyaning «Fiorentina» va «Komo» klublari, shuningdek, Angliyaning «Hall Siti» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Hujumchining «Espanyol» bilan shartnomasi 2031 yil iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Fernandes ushbu mavsum La Ligada 6 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.