Londonning «Chelsi» klubi «Real» yarimhimoyachisi Arda Gulerni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Chelsi» yozgi transfer oynasida Morgan Rodjersni sotib olganiga qaramay, Gulerga qiziqishini saqlab qolgan. Qayd etilishicha, Xabi Alonso angliyalik futbolchi transfer qilinishidan oldin ham turkiyalik yarimhimoyachini jamoasiga olib kelishni istagan.
Shuningdek, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Gulerga asosiy tarkibdagi o‘rni yoki yetarli o‘yin vaqti borasida hech qanday kafolat bermagani ta’kidlangan. Portugaliyalik mutaxassis jamoada barcha futbolchilar teng ekanini bildirgan.
Ma'lumot uchun, 21 yoshli Guler ushbu mavsum La Ligada 6 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.