«Liverpul» klubi «Chelsi» vingeri Estevaoni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar braziliyalik 19 yoshli futbolchi transferi uchun 100 million funt sterling taklif qilishga tayyor. Biroq «Chelsi» hozircha o‘z futbolchisini sotish niyatida emas. Londonliklar Estevaoni jamoa rejalarida muhim o‘rin tutuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso vingeri o‘z rejalariga kiritgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Shu bois «Liverpul» futbolchi borasida kelishuvga erishishi oson bo‘lmaydi.
Avvalroq «Barselona» ham Estevaoga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Estevao ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushdi, biroq samarali harakat qayd etmadi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 80 mln yevroga baholamoqda.