«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara qishki transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Senegallik 22 yoshli futbolchiga APLning ikki klubidan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Gap «Liverpul» va «Nyukasl» haqida ketmoqda. «Qarg‘alar» Kamara bo‘yicha rasmiy taklif yuborishga tayyor.
Biroq «Liverpul» ham unga qiziqayotgani sababli kelishuv oson bo‘lmasligi mumkin. «Qarg‘alar» yo‘qotishlar sabab Lamin bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Shuningdek, klub yuqori maosh orqali uni o‘z safiga qo‘shib olishga ishonmoqda.
O‘z navbatida futbolchi monakoliklarni tark etish haqida o‘ylamoqda. U faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas.
Bu mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali Kamaraning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.