«Liverpul» qishki transfer oynasida «Monako» yarimhimoyachisi Lamin Kamarani transfer qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizillar» yozgi transfer oynasidayoq yangi yarimhimoyachi xarid qilishni istagan, biroq bu rejani amalga oshira olmagan. Ayni paytda Kamara klubning yanvar oyidagi transferlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi.
22 yoshli senegallik futbolchi ushbu mavsum barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Kamaraning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.