Live
2
O'zbek

Flik hatto 7:2 hisobidagi g‘alabadan keyin ham «Barselona»ning bir futbolchisidan norozi

Futbol
18 sentabr, 06:10
    9
Kataloniya klubi ustozi darvozabon Voysex Shesnining sport formasi va ishga munosabatidan tashvishda.
Flik hatto 7:2 hisobidagi g‘alabadan keyin ham «Barselona»ning bir futbolchisidan norozi
Foto: Gettyimages
16.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 7 : 2 Racing Santander Racing Santander

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik shogirdlaridan biridan norozi. Hatto «Rasing» ustidan 7:2 hisobida qozonilgan g‘alaba ham nemis mutaxassisining darvozabon Voysex Shesnining sport formasi borasidagi xavotirini yo‘qqa chiqara olmadi.

Gap natijaga ta’sir ko‘rsatgan xatoda emas, balki Shesnining o‘z jismoniy tayyorgarligiga yetarli e’tibor bermay qo‘yganidadir.

«Barselona»da o‘yinchilardan intensivlik, diqqatni jamlash va eng yuqori daraja talab etiladi, hatto zaxira o‘yinchisi bo‘lsangiz ham. Flik buni qabul qilib bo‘lmaydigan intizomsizlik deb hisoblaydi», — deyiladi El Nacional nashri materialida.

Flik Shesnining jismoniy tayyorgarligi talab darajasida emasligini ko‘rib turibdi, bu esa uning reaksiya tezligi va harakatchanligiga ta’sir qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Voysex Shesni «Rasing»ga qarshi o‘yin tanaffusida jarohat olgan Joan Garsiyani almashtirgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Racing Santander Racing Santander
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar