Bugun
35
O'zbek

Dembele shartnomasini 2030-yilgacha, Kvaratsxeliya esa — 2031-yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi

Futbol
18 sentabr, 00:04
Parij klubi hujum chizig‘idagi yetakchilari bilan xayrlashish niyatida emas.
Dembele shartnomasini 2030-yilgacha, Kvaratsxeliya esa — 2031-yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi
Foto: Gettyimages

Hujumchi Usmon Dembele «PSJ» bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirish arafasida. Vinger Xvicha Kvaratsxeliya esa mehnat shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirishni muhokama qilmoqda. Bu haqda jurnalist Abdulla Boulma o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz futboli grandi 21 yoshli hujumchi Dezire Due bilan ham muzokaralar olib borgan, biroq hozircha bu muhokama norasmiy hisoblanadi hamda uning tafsilotlari ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Usmon Dembelening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kvaratsxeliyaning bitimi esa 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Dezire Duening shartnomasi 2029-yil 30-iyunda yakuniga yetadi.

Biroq parijliklar hujum chizig‘i yetakchilari bilan xayrlashish niyatida emas va ular bilan yangi bitim borasida kelishuvga erishishiga ishonmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar