«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Ispaniya chempionatida to‘p tepishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Shunday bo‘lishi mumkin bo‘lgan paytlar ham bo‘lgan. Men La Ligani juda hurmat qilaman. «Barselona», «Real» va «Atletiko» dunyodagi eng yirik klublardan hisoblanadi. Men Ronaldu va Messini kuzatib katta bo‘lganman.
Ma’lumki, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hech narsani istisno qilmayman, lekin hozir Germaniyada baxtliman», - dedi Keyn Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Keyn 2023-yildan buyon «Bavariya» klubi safida to‘p tepmoqda.
Ushbu mavsumda hujumchi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda oltita o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marta ishg‘ol qildi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Keynning nemis klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi