Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvares hali ham klubini o‘zgartirishga umid qilmoqda.
Argentinalik futbolchi yozda «Barselona»ga o‘tmoqchi edi, biroq «matraschilar» rahbariyati hattoki muzokaralar olib borishni ham istamadi. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi hali ham «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishni istamoqda: u o‘zi uchun uzoq kutilgan kelishuv yanvar oyida, qishki transfer oynasi ochilganda amalga oshishiga umid qilmoqda.
Hans-Diter Flik jamoasining joriy mavsumdagi ajoyib natijalariga qaramay, Kataloniya klubi hamon Alvaresni hujumni kuchaytirish uchun qiziqarli variant deb hisoblaydi. Transfer bo‘yicha ishlar yil oxiriga yaqin davom etirilishi mumkin.
Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining aktual narxini 120 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «matraschilar» bosh direktori klub bir shart bilan Alvaresning tovon pulini kamaytirishga rozi bo‘lishi haqida gapirgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi