«Real» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe «PSJ»dagi so‘nggi mavsumi haqida gapirdi.
«PSJ»dagi so‘nggi yil qiyin bo‘ldimi?
— Albatta. Siz hammasini bilmaysiz. Bu mening hayot yo‘limning bir qismi. Oradan ikki yil o‘tib, kimnidir tanqid qilishim kerak deb o‘ylamayman. Bu juda og‘ir edi, lekin hammasi o‘tmishda qoldi. Bu orzumni ro‘yobga chiqarish uchun o‘tishim kerak bo‘lgan yana bir bosqich edi», - deya Mbappening so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2026/2027-yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda yettita o‘yinda ishtirok etib, sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, avvalgi ikki mavsumda Kilian Ispaniya chempionati doirasidagi 65 ta o‘yinda maydonga tushib, 56 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma yetkazib bergan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi