Bugun
35
O'zbek

Yamal irqchilik haqida: «Bu kabi holatlarga ming marta duch kelganman»

Futbol
18 sentabr, 02:42
    9
«Barselona»ning 19 yoshli vingeri irqchilik munosabatlariga e’tibor bermasligini ma’lum qildi.
Yamal irqchilik haqida: «Bu kabi holatlarga ming marta duch kelganman»
Foto: Gettyimages

«Barselona»ning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal muxlislar tomonidan irqchilik munosabatlari unga ta’sir qilmasligini aytdi.

O‘zingizga nisbatan irqchilik qilinishiga duch kelganmisiz?
«Ha, ming marta. Odamlar bilvosita irqchilik qilishadi, lekin buni anglamasliklari ham mumkin. Ko‘pincha irqchilik ruhidagi ko‘plab sharhlar, qarashlar mavjud, ammo ular buni anglamaydilar. Men bunday narsalar normal qabul qilinmaydigan joylardanman, chunki noto‘g‘ri narsa qabul qilinishi mumkin emas, lekin bu meni bezovta qilmaydi.

Masalan, «Bernabeu»da olingan o‘sha mashhur videoda menga va Rafinyaga har xil gaplar aytilgan (2024 yil 26 oktyabrda «Barselona» futbolchilari klasiko paytida tribunalardagi muxlislar tomonidan haqoratlangan) va mening munosabatim odamlarni hayratda qoldirdi. Oxir-oqibat, meni «qora» deb atagan odamning gapi hech qachon menga tegmaydi - men chindan qora tanliman, boshqa rangda emas. Bu to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi boshqa masala, chunki bu kamsituvchi shaklda aytilgan. Bu noto‘g‘ri, ammo minglab odamlar mening o‘yinimni tomosha qilish uchun pul to‘lab, tashrif buyurgan vaziyatda menga nisbatan hurmatsizlik qilgan bitta odamga jahl qilmayman», – dedi Yamal Movistar Plus uchun intervyuda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar