«Nyukasl»ning hujumkor yarimhimoyachisi Entoni Elanga tizzaosti payidan olgan jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda Sports.Yahoo xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining to‘liq tiklanishi uchun olti haftadan sakkiz haftagacha vaqt talab etiladi.
Qayd etib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasining bu mavsumida 24 yoshli yarimhimoyachi 3 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shvetsiyalik vingerning «Nyukasl» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Transfermarkt portali yarimhimoyachining aktual transfer narxini 32 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining to‘rt turidan so‘ng, «Nyukasl» 5 ochko bilan musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi