Transfer News Live ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi uchun «Liverpul», «Chelsi» va «Nyukasl» kurash olib borishi mumkin. Uortonning o‘zi ham yaqin transfer oynalarida klubini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
«Kristal Pelas» esa o‘zining yetakchi futbolchisi uchun kamida 75 million funt (87 million yevro) olishni istamoqda.
Uorton «burgutlar» safida 2024 yil fevralidan buyon to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 4 million yevroga baholamoqda.