Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, «As Sadd» 33 yoshli Marselo Brozovichni o‘z safiga qo‘shib olishga ishonmoqda.
Ayni vaqtda erkin agent maqomidagi futbolchining so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining «An Nasr» jamoasi bo‘lgan.
Brozovichning transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda. U o‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 29 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta assist qayd etgan.