«Barselona» bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik jamoa uchun Chempionlar ligasi bilan bir qatorda La Ligadagi ketma-ket uchinchi chempionlik ham muhimligini ta’kidladi.
«Hamma Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlaydi, bu bizning orzumiz. Ammo ketma-ket uchinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritish ham muhim. Bu ajoyib natija bo‘lardi. Oldinda hali ko‘plab bahslar bor. Biz qadam-baqadam harakat qilamiz», — dedi Flik matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» Chempionlar ligasining ushbu mavsumidagi ilk bahsida o‘z maydonida «Feyenoord»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ma'lumot uchun, La Ligada kataloniyaliklar 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Hansi-Diter Flik shogirdlari navbatdagi turda 13 sentyabr kuni safarda «Levante»ga qarshi bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi