Live
13
O'zbek

«Barselona» transfer rejasini o‘zgartirdi

Futbol
12 sentabr, 06:00
Kataloniya klubi markaziy himoyachi pozitsiyasini yaqin transfer oynasida kuchaytirishni ustuvor vazifa deb hisoblamaydi
«Barselona» transfer rejasini o‘zgartirdi
Foto: Getty Images
13.09.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Levante Levante - : - Barselona Barselona

Jurnalist Adrian Sanchesning ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» Andres Kristensen bilan shartnomani uzaytirganidan so‘ng himoya chizig‘i yetarlicha to‘liq tarkiblangan, degan xulosaga kelgan. Shu sababli Ronald Arauxo va Alvaro Kortezning ketganiga qaramay, markaziy himoyachi xarid qilish zarurati hozircha dolzarb emas.

Avvalroq «Barselona» transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Tvente»ning 18 yoshli markaziy himoyachisini o‘z safiga qo‘shishga uringani haqida xabar berilgandi.

«Barselona» ushbu mavsum La Ligada to‘rt turdan so‘ng 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

13-sentabr kuni Hans-Diter Flik shogirdlari safarda «Levante»ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Levante Levante
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar