Bugun
107
O'zbek

«Barsa» Hamza Abdulkarim bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi

Futbol
12 sentabr, 01:40
    4
18 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2030 yilga qadar amal qiladi.
«Barsa» Hamza Abdulkarim bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi
Foto: FC Barcelona

«Barselona» yozda o‘z safiga qo‘shib olgan misrlik yosh hujumchi Hamza Abdulkarim bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi.

18 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2030 yilga qadar amal qiladi. Abdulkarimning shartnomasidagi tovon puli 15 million yevrodan 150 million yevroga oshirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Hamza 2026 yil 1 fevralda Qohiraning «Al Ahli» klubidan mavsum oxiriga qadar ijara asosida «Barselona» yoshlar jamoasiga o‘tgandi. Kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgandi.

Uning o‘yini Kataloniya klubi rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirdi va yozda «Barselona» sotib olish huquqidan foydalandi. Transfer summasi esa 1,5 million yevro va bonuslarni tashkil etdi.

Abdulkarim «Barselona» asosiy jamoasi safida hozirgacha bitta o‘yinda maydonga tushib, 4 daqiqa harakat qilgan. Ushbu uchrashuvda u gol yoki assist qayd etmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar