«Barselona» «Al Ahli» hujumchisi Hamza Karimning to'liq transferini amalga oshirdi, deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Transfer qiymati 1,5 million yevro va bonuslardan iborat bo'ldi.
«Barselona» klub tizimidagi 6 oylik faoliyatidan so'ng futbolchining kelajagiga ishonch bilan qaramoqda. 18 yoshli forvard Ispaniya yoshlar jamoasi safiga yanvar oyida qo'shilgandi.
Ma'lumot uchun, Hamza Karim JCH-2026 uchun Misr milliy jamoasining yakuniy tarkibidan o'rin olgan.
«Barselona» misrlik 18 yoshli forvardni sotib oldi
Futbol
10 iyun, 16:45
Hamza Karim ayni vaqtda Afrika jamoasi bilan JCH-2026ga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Foto: Getty Images