Transfer News Live ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchi va uning agenti bilan ikki bor uchrashuv o‘tkazgan. Muzokaralarda Dimarkoning 2027 yilda «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi muhokama qilingan.
«Barselona» italiyalik futbolchini Alejandro Balde jamoani tark etgan taqdirda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Dimarko «Inter» safida 2018 yil yozidan buyon to‘p tepmoqda. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi. Futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.