Paju milliy futbol markazida Farg‘onaning «Neftchi» hamda Koreyaning «Paju Frontier» futbol klublari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Farg'ona viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov futbol nafaqat sport turi, balki millionlab insonlarni bir maqsad atrofida birlashtiradigan hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydigan vosita ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Koreya Respublikasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan farg‘onalik hamda vodiylik yoshlarning birlashib, «Neftchi Koreya» futbol jamoasini tashkil etgani va mahalliy musobaqalarda munosib ishtirok etayotgani yuqori baholandi.




Foto: Neftchi FK