Live
10
O'zbek

Anvar Gʻofurov: «Qayerga kelayotganimizni bilardik»

Eksklyuziv
9 sentabr, 15:00
Gʻofurov matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi:
Anvar Gʻofurov: «Qayerga kelayotganimizni bilardik»
Фото: Сурхон ПФК
09.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 2 : 1 Surxon Surxon

«Surxon» klubi Farg‘onada «Neftchi»ga qarshi kutilganidek bosimli va og‘ir uchrashuvni o‘tkazdi.

To‘g‘ri, bellashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Biroq hisobdan ham bilish mumkinki, termizliklar kuchli raqibga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. Bunda esa bosh murabbiy Anvar Gʻofurovning mehnati katta. U yosh futbolchilarni qo‘rqmaslikka va ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishga odatlantirmoqda. Shu bois uning jamoasi yana yaxshi taassurot qoldirdi. Uchrashuvdan keyin esa Anvar Gʻofurov matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi:

- Qayerga kelayotganimizni bilgandik. O‘tgan turda mag‘lubiyatga uchragandi va muxlislari oldida katta kuch bilan o‘ynashini va qiyin bo‘lishini kutgandik. Shunday ham bo‘ldi.

Baribir tajriba o‘z so‘zini aytadi. Futbolchilarimdan qoniqdim. Xatolar bor. Kelasi o‘yinlarda yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga, ko‘proq vaziyatlar yaratishga va foydalanishga harakat qilamiz. Yigitlar borini berishdi, minnatdorchilik bildirdim. Bu bilan to‘xtab qolmaslik kerak. Ishlashda davom etamiz.

«Surxon» muxlislariga shuncha yo‘l bosib kelib, qo‘llab-quvvatlashgani uchun katta rahmat. Kelasi uchrashuvlarda ularni xursand qilishga harakat qilamiz», - deya Gʻofurovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Surxon Surxon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar