OKMK klubi o‘z maydonida «Paxtakor»ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Garchi mezbonlar hujumkor, chiroyli o‘yin ko‘rsatib, ko‘pllab imkoniyatlar yaratgan bo‘lsa-da, yakunda mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. Ha, natija bobida qoniqarsiz. Ammo o‘yin borasida yomon o‘ynaganimiz yo‘q. Eski kasalimiz – yana gol ura olmayapmiz. Yaratyapmiz, shijoat bor, chiroyli o‘yinga chanqoqlik bor, lekin...Bugungi o‘yinni oladigan bo‘lsak, uchrashuv boshida oson gollar o‘tkazib yubordik. Shunga qaramasdan kuch topib, gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Lekin bilmayman, qaysi sabablar bilan ofsaydni aniqlashdi? Menga bitta rasm ko‘rsatishdi. Haligi kino borku, «qozi pochcha sizlar chiqargan qonuninglar hamma narsaga to‘g‘ri kelaveradi-ya»! Bilmadim, men birinchi marta ko‘rishim. VARda orqadan olib chiziq chizganiga hayron qoldim. Menimcha, yangi qonun chiqqan bo‘lsa eshitmagandirman, ma’lumotdan orqada yurgandirmiz. Biroq juda uyatli, tushunganim yo‘q. «Paxtakor»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular yaratgan imkoniyatlaridan 100 foiz foydalanishdi. Biz afsuski, foydalana olmadik. Gol urmasang vaziyatni o‘ziga ochko bermaydi. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Futbolchilarimizni haqiqatan kayfiyati tushib ketdi. «Paxtakor»ga OCHLda omad tilab qolamiz. Yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
- OKMK o‘nlab imkoniyatlar yaratdi. Bemalol hisobda oldinga o‘tib oladigan darajada vaziyatlar bo‘ldi. O‘tgan uchrashuvda ham son-sanoqsiz golli imkoniyatlar, ammo gol yo‘q...
- Aytyapman-ku, bitta vaziyatdagi golimizni hisoblashmadi. Yangi qonun chiqqandir-da. Haqiqatan Nodir ham 0:2 bo‘lib turgan holatda uch metrdan gol ura olmadi. Tanaffusga 1:2 hisobida chiqib ketganimizda boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Yigitlarni o‘zlari ham hayron. Mashg‘ulotlarda shu narsani imkon qadar to‘g‘rilashga harakat qilyapmiz. 0:3 bo‘lgan taqdirda ham aytganmanki, oxirigacha kurashish va barchani his-hayajonda ushlab turdik. Qo‘lni tushirmasdan oxirigacha o‘ynab, kurashyapmiz. Bu yaxshi.
- Jamoangiz ko‘rsatayotgan o‘yindan qoniqyapsizmi? Har xolda hujumkor futbol ko‘rsatishyapti.
- Qo‘l ostimdagi futbolchilar albatta qoniqtiradi.
- Natijachi?
- Natija...Albatta yuqoriroqni xohlagandik, bunga o‘zimiz aybdormiz. Avgust oyida «Nasaf»dan boshlandi. Bemalol yutqazishimiz kerak emasdi. «Dinamo», «Surxon», «Buxoro»ga yutqazmasligimiz kerak edi. Buxoroda ham 100 foizli 4 ta imkoniyatimiz bo‘lgandi. Bugun ham ancha-muncha vaziyat bo‘ldi. Bu bahona emas. Bitta epizod futbolni ostun-ustun qilib yuborishi mumkin. Baribir menda savol qoladi: urgan golimizda ofsayd bormidi-yo‘qmi? Unda kameralarni ko‘paytirish kerakmi? Sal haqiqatga yaqinroq chizish kerak-da. Nimagaki, bu muxlislarni kayfiyati, jamoani mehnati. O‘yinchilar og‘ir yuklamalar oladi. Albatta, achinarli. Gollarni urganimizda ham boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Ko‘p ochko yo‘qotib qo‘ydik. Maqsad sovrindorlar qatoriga kirish.
- Ko‘ryapmizki, OKMKni o‘yini bor. O‘rtamiyonalar qatorida yurmasdan medallar uchun kurashishi uchun nimalar qilishi kerak, deb o‘ylaysiz?
- Qisqa qilib aytaman, yaratilgan vaziyatlardan gol urib foydalanish kerak edi. Yanada yuqoriroqda bo‘lardik. O‘tgan ishga salovat, endi qaytarib bo‘lmaydi. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.
- Natija yomonlashsa ko‘pchilik o‘ylaydiki, Mirjalol Qosimov o‘sishdan to‘xtab qoldi, deb... OKMKga yangi qon kerak, deb ham aytishadi. Bunga qanday qaraysiz?
- Hammani o‘z shaxsiy fikri bor. Tilni suyagi yo‘q. Hamma mutaxassis. Lekin negadir ishlashmaydi, oson deb o‘ylashadi. O‘ziga yarasha mehnati bor. Xudoga shukr, noliydigan joyimiz yo‘q. Biz qo‘limizdan kelayotgan o‘yinni ko‘rsatyapmiz. Har doim aytganman: qo‘l ostimdagi futbolchilar kim bo‘lishidan qat’iy nazar yuqori natijalar ko‘rsatishga harakat qilamiz. U yog‘i Allohdan. Birovni fikriga qarab yashamayman», - deya Mirjalol Qo‘shoqovichni so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Mirjalol Qosimov: «Ofsayd chizig‘ini haqiqatga yaqinroq chizish kerak-da»
Eksklyuziv
9 sentabr, 14:47
Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
Фото: ОКМК
09.09.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
ОКМК
1
:
3
Paxtakor Toshkent