Live
6
O'zbek

Superliga. «Nasaf» Qarshida «Bunyodkor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
9 sentabr, 12:55
    30+
«Qaldirg‘ochlar» Superligada qatorasiga 11-o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.
Superliga. «Nasaf» Qarshida «Bunyodkor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Насаф ПФК

Superliga 21‑turida «Nasaf» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi. Bellashuv 3:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Dastlab 14-daqiqada Abbos Gʻulomov hisobni ochdi. Tanaffus oldidan Bekjon Rahmatov ikkinchi golga mualliflik qildi. 87-daqiqada Sharof Muhitdinov yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Bu g‘alabadan so‘ng «ajdarlar» ochkolari sonini 31 taga yetkazib, 7-o‘rinda bormoqda. «Bunyodkor» esa 19 ochko bilan 15-pog‘onada.

Superliga. 21-tur
Nasaf – Bunyodkor 3:0
Gollar:
Abbos Gʻulomov, 14 (1:0), Bekjon Raxmatov, 37 (2:0), Sharof Muhitdinov 87 (3:0)
Nasaf: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 4.Akromjon Komilov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobur Abdixoliqov (5.Gʻolib Gʻaybullayev, 66), 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 18.Bekjon Rahmatov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 45), 70.Abbos Gʻulomov, 77.Paata Gudushauri (20.Yusuf Otubanjo, 66), 92.Umarbek Eshmurodov
Bunyodkor: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To‘raqulov, 11.Sardor Abdunabiyev, 13.Muhammad Hakimov, 14.Shahzodjon Ne’matjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 31.Abdurahmon Sulaymonov (88.Mirkomil Annamatov, 56), 45.Shamsiddin Tursunmahamadov (39.Faxriddin Muhammadov, 56), 74.Ivan Bukrin.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar