Dunyoning to‘qqizinchi raketkasi, amerikalik tennischi Ben Shelton «US Open-2026» chorakfinal o‘yini haqida fikr bildirdi. Shelton «Katta dubulg‘a» turnirlarining yetti karra chempioni, dunyoning uchinchi raketkasi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkarasni mag‘lub etdi. Uchrashuv 6:7 (5:7), 6:1, 6:3, 1:6, 7:6 (10:7) hisobida yakunlandi.
«Ha, charchadim. Bu urush, jismoniy jihatdan nihoyatda og‘ir epik to‘qnashuv edi. Karlos atigi 23 yoshda bo‘lsa-da, sportimizning eng buyuk chempionlaridan biri hisoblanadi. U bilan bir kortda bo‘lish har doim yoqimli. Uning ba’zi harakatlari ba’zan kishini aqldan ozdiradi. Ammo ha, bu, shubhasiz, faoliyatimdagi eng yoqimli o‘yin bo‘ldi», - dedi Shelton matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, musobaqa finaliga chiqish uchun Ben Shelton jahon reytingida 12-o‘rinni egallab turgan hamyurti Frensis Tiafo bilan ro‘baro‘ keladi.