Live
5
O'zbek

Kvaratsxeliya «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganiga munosabat bildirdi

Futbol
9 sentabr, 11:06
«PSJ» klubi vingeri sovrin uchun nomzod TOP-30 futbolchi qatoridan joy egalladi.
Kvaratsxeliya «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganiga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages

«PSJ» klubi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya «Oltin to‘p» uchun nomzodlar qatoridan o‘rin olganiga munosabat bildirdi. Futbolchi sovrin uchun nomzod TOP-30 futbolchi qatoridan joy egalladi.

«Hayot nima tayyorlab qo‘yganini ko‘ramiz, nima bo‘lsa ham barchasiga tayyorman. Jahon chempionatida qatnashmay turib, «Oltin to‘p»ni yutish? O‘ylashimcha, bu menga emas, ovoz beradiganlarga bog‘liq. G‘alaba uchun poygada qatnashish yoqimli, hayotda ham, futbolda ham men hamma narsaga ishonaman. Mishel Platini va Toni Kroos kabi o‘yinchilar va afsonalar bu sovringa loyiq ekanligimni aytishsa, shuning o‘zi haqiqiy zavq! Hatto bu sayyorada faqat bitta odam bo‘lsa ham, u seni nimagadir loyiq deb hisoblashi yoqimli. Bu shuni anglatadiki, men o‘z ishimni to‘g‘ri bajaryapman va shu ruhda davom ettirishni xohlayman», — deya Kvaratsxeliya so‘zlaridan iqtibos keltiradi L’Équipe.

Ma’lumot uchun, «Oltin to‘p-2026»ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuniga belgilangan. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi. Marosim yubiley bo‘lib, tarixdagi 70-marta o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, g‘olib FIFA reytingining eng yaxshi 100 taligini ifodalovchi mamlakatlardan 100 nafar jurnalistning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Mukofotning amaldagi sohibi «Pari Sen-Jermen» va Fransiya milliy jamoasi yetakchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar