Joze Mourinio Kilian Mbappening Chempionlar ligasi doirasida “Inter”ga qarshi oʻyindagi harakatlariga baho berdi.
Fransiyalik futbolchi bahsda bir gol urdi va “Real”ning 2:1 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi. Oʻyin oldidan unga oʻtgan mavsum Chempionlar ligasining eng yaxshi toʻpurariga beriladigan “Oltin butsa” sovrini topshirildi.
“U juda koʻp mehnat qildi va biz uchun nihoyatda muhim golni urdi.
Unga nisbatan bildirilayotgan tanqidlar meni xavotirga solmaydi: u tobora koʻproq harakat qiladi va albatta yana Chempionlar ligasining eng yaxshi toʻpurariga aylanadi”, — deya madridliklar ustozining soʻzlarini keltiradi AS.
Mourinio: “Mbappe bu mavsumda ham YCHL toʻpurari boʻladi”
Futbol
9 sentabr, 10:50
“Real” bosh murabbiyi shogirdiga boʻlayotgan tanqidlardan xavotirga tushmasligini aytdi.
Foto: Getty Images