Bugun
50
O'zbek

Martines: “Ikki xato qimmatga tushdi, ammo «Real”dan ancha yaxshi oʻynadik"

Futbol
9 sentabr, 08:06
“Inter” hujumchisi Madriddagi magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Martines: “Ikki xato qimmatga tushdi, ammo «Real”dan ancha yaxshi oʻynadik"
Foto: Getty Images
08.09.2026 FT Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid 2 : 1 Inter Inter

“Inter” hujumchisi Lautaro Martines magʻlubiyatga qaramay, jamoasining “Real”dan yaxshiroq oʻynaganini taʼkidladi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida “Santiago Bernabeu”da oʻtkazilgan bahsda “neradzurri” 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.

“Butun vaziyat shu bilan izohlanadi: dastlabki bir necha daqiqada ikkita xato qildik va darvozamizdan ikki bor toʻp oʻtkazib yubordik. Biz oʻz rejamizga amal qildik va bu oʻyinda magʻlubiyatga loyiq emasdik. Qarshimizda juda kuchli raqib bor edi, ammo biz "Real"dan ancha yaxshiroq oʻynadik.

Tavakkalchilik har doim boʻladi. Biz ikkita xato qildik va ular bizga qimmatga tushdi. Qoʻlimiz quruq holda qaytyapmiz, ammo xotirjammiz. Oldinda bizni koʻp yaxshi narsalar kutmoqda.

Har bir oʻyinda yanada yaxshiroq boʻlib boryapmiz. Soʻnggi toʻrt yil ichida ikki marta finalga chiqdik va magʻlub boʻldik. Ammo kurashishda va oʻz ustimizda ishlashda davom etishimiz, musobaqada imkon qadar uzoqroq borish uchun yanada takomillashishimiz kerak",
— dedi Lautaro Movistar+ telekanaliga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Inter Inter
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar