Bugun
50
O'zbek

Kompani: «Jamoaning YECHL yoki Kubok uchun alohida darvozaboni bo‘lishi menga yoqmaydi»

Futbol
9 sentabr, 08:15
Myunxenliklar ustozi jamoaning darvozabonlari haqida fikr bildirdi.
Kompani: «Jamoaning YECHL yoki Kubok uchun alohida darvozaboni bo‘lishi menga yoqmaydi»
Foto: Gettyimages

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani darvozabonlar pozitsiyasidagi ehtimoliy rotatsiya haqida fikr bildirdi.

«Jamoaning Kubok yoki Chempionlar ligasi uchun alohida darvozaboni bo‘lishi g‘oyasi menga yoqmaydi. Biz taqvimga qaraymiz va Noyerga qachon dam berish, Urbigga esa qachon imkoniyat taqdim etish mumkinligini hal qilamiz», — dedi Kompani.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda 40 yoshli Noyer barcha musobaqalar doirasida ikkita o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan ikkita to‘p o‘tkazib yubordi. 23 yoshli Urbig esa hozircha maydonga tushgani yo‘q.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar