Kike Flores La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
“Alaves” jamoasini boshqarayotgan mutaxassis avgust oyi yakunlariga koʻra ushbu sovrinni qoʻlga kiritdi. Ovozlar soniga koʻra, u Joze Mourinio (“Real”) va Hans-Diter Flikni (“Barselona”) ortda qoldirdi.
Avgust oyida “Alaves” La Ligada 3 ta oʻyin oʻtkazdi: “Xetafe” (3:0), “Rayo Valekano” (1:1) va “Vilyarreal” (1:0).
Sentyabr oyida esa Flores shogirdlari “Osasuna”ni 5:2 hisobida magʻlub etdi.
“Alaves” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 10 ochko bilan 2-oʻrinni egallab turibdi.
Flores Mourinio va Flikni ortda qoldirib, La Ligada oy murabbiyiga aylandi
Futbol
9 sentabr, 07:17
3
Ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi “Alaves” La Ligada 2-oʻrinni egallab turibdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi