Live
2
O'zbek

Mbappe Vinisius bilan birga oʻynashga qiynalishi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi

Futbol
7 sentabr, 13:39
    1
“Real” hujumchisi jamoadoshlari bilan maydonda oʻzaro tushunishi borasidagi savollarga javob berdi.
Mbappe Vinisius bilan birga oʻynashga qiynalishi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Vinisius Junior bilan maydonda bir-biriga mos kelishi borasidagi savolga javob berdi.

— Siz va Vinisius maydonda bir-biringiz bilan mos kelmaysiz, degan gaplar bor. Bu haqda nima deb oʻylaysiz?

— Bilmayman... Bu “Real” atrofidagi millionlab fikrlardan biri, xolos. Chunki “Real” — dunyodagi eng mashhur va eng buyuk klub. Boshqalar nima gapirayotganini nazorat qila olmayman.

Bizning umumiy maqsadimiz — “Real”ning oʻyinlarda va sovrinlar uchun kurashda gʻalaba qozonishi. Biz faqat oʻzimiz nazorat qila oladigan narsalarga eʼtibor qaratishga harakat qilamiz, odamlarning fikrini esa nazorat qila olmaymiz. Ammo ularning gaplariga quloq tutishimiz mumkin. Va biz doimo oldinga intilishga, yanada yaxshiroq boʻlishga harakat qilamiz.


— Mourinio bilan siz, Vinisius va Bellinghemning eng yaxshi holatini namoyish etish ustida ishlashi qanday? Maydondagi oʻzaro tushunishingiz borasida bahslar ketayotganini tushunasizmi?

— Bilmayman... Menda har bir oʻyinni boshlaydigan 11 nafar futbolchining eng yaxshi versiyasini shakllantirish borasida qarash bor. Men buni ayrim futbolchilarni jamoadan chetlatish maʼnosida aytmayapman.

Odamlarga, jurnalistlarga bunday bahslarni muhokama qilish yoqishini bilaman va bu — mutlaqo normal holat, chunki bunday mavzular doimo qiziqish uygʻotadi. Ammo... Bilmayman, siz qanday fikrdasiz, lekin men har doim jamoaga yagona bir butunlik sifatida qarash tarafdoriman.

Biz yanada yaxshiroq boʻlishimiz, mavsum davomida oldimizda turgan va sovrinlarni qoʻlga kiritishimizga taʼsir qiladigan muhim pallalarga tayyor turishimiz kerak.

Qoʻlga kiritishimiz kerak boʻlgan sovrinlarni yutish uchun harakat qilyapmiz,
— deya fransiyalik futbolchining soʻzlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar