Live
2
O'zbek

Opta Liga 1 gʻolibligiga daʼvogarlar reytingini yangiladi — “Monako”ning imkoniyatlari oshdi (top-5)

Futbol
7 sentabr, 13:15
Ammo hamon “PSJ” yaqqol favoritligicha qolmoqda.
Opta Liga 1 gʻolibligiga daʼvogarlar reytingini yangiladi — “Monako”ning imkoniyatlari oshdi (top-5)
Foto: Getty Images

Opta superkompyuteri Liga 1da mavsum yakuni boʻyicha chempionlikka asosiy daʼvogarlar boʻyicha prognozni yangiladi.

“Monako” 3-turda “PSJ” ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, chempionatda yakkapeshqadamga aylandi va parijliklar bilan ochkolar boʻyicha farqni 7 taga yetkazdi.

Opta talqiniga koʻra, mavsum boshidan beri “Monako”ning chempion boʻlish ehtimoli 5 barobardan koʻproqqa oshdi — 3,4 foizdan 18,3s foizgacha. “PSJ” hanuz Fransiya chempionatining yaqqol favoriti boʻlib qolmoqda, ammo parijliklarning chempionlik ehtimoli 68 foizdan 48,9 foizga tushdi.

Shuningdek, oltin medallarga asosiy daʼvogarlar beshligidan “Lill” (9,7%), “Lans” (5,6%) va “Lion” (5,3%) ham oʻrin olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Monaco Monaco
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar