Fransiya Liga 1 doirasidagi bahsda «Lans» o‘z maydonida «Loryan»ni qabul qildi. Bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda «Lans» hisobni ochish uchun bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq mezbonlar vaziyatlardan foydalana olmadi.
54-daqiqada «Loryan» hisobni ochdi. Panos Katserisning uzatmasidan so‘ng Mamadu Kone aniq zarba bilan mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda «Lans» hisobni tenglashtira olmadi.
Ushbu natijadan so‘ng «Loryan» 4 ochko jamg‘ardi. «Lans» esa 3 ochkoga ega.
Liga 1
Lans — Loryan 0:1
Gollar: Kone 54.
Lans: Risser, Antonio, Ganiu, Udol (Sanyan, 24), Aguilar (Sotoka, 70), Aydara (Kyuzans, 60), Titraui (Bulatovich, 60), Skorash, Toven, Azar (Eduar, 70), Sima.
Loryan: Mvogo, Silla, Talbi, Adjey, Katseris (Le Bri, 67), Mbamba (Balde, 67), Kadiu, Kuassi, Bernardeau (Yensen, 75), Makengo, Kone (Avom, 67).