UFC sobiq chempioni Toni Fergyuson 26 sentyabr kuni Mayamida boʻlib oʻtadigan Misfits Boxing turniri doirasida sobiq futbolchi Kenzo Biyongga qarshi boks jangi oʻtkazadi.
Jang besh raundga moʻljallangan. Fergyuson oʻrta vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qiladi.
Avvalroq 42 yoshli Fergyuson Misfits Boxing doirasida ikkita jang oʻtkazib, har ikkisida ham gʻalaba qozongan.
28 yoshli Biyong futbolda himoyachi pozitsiyasida oʻynagan va Kamerunning U-23 jamoasi safida toʻp tepgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng u kurash bilan shugʻullangan va Niderlandiya chempioni boʻlgan. 2024 yil aprel oyida esa UFC BJJ musobaqasida jang oʻtkazgan.
Biyong boks qoidalari asosida hech qachon jang qilmagan.
Toni Fergyuson sobiq futbolchiga qarshi boks qoidalari asosida jang oʻtkazadi
MMA
7 sentabr, 14:01
Bellashuv 26 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Foto: Getty Images