Italiya chempionatining 3-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. «Lasio» safarda «Udineze»ga qarshi bellashdi. Unda «burgutlar» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab 49-daqiqada Karlstryom hisobni ochdi. 75-daqiqada Frattezi muvozanatni tikladi. 88-daqiqada Gudmundsson g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Lasio» ochkolarini 9 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Udineze» esa 4 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.
A Seriya. 3-tur
Udineze – Lasio 1:2
Gollar: Karlstryom 49 – Frattezi 75, Gudmundsson 88
Udineze – Okoye, Abankva, Sole (Kabasele, 38), Eboss, Voyvoda, Pyotrovski (Miller, 15), Karlstyorm, Kamara, Gomes (Bayo, 46), Ekkelenkamp, Devis.
Lasio – Mandas, Floriani, Duxi, Provstgard, Tavaresh, Frattezi (Gudmundsson, 80), Belaxyane, Teylor, Isaksen (Kanchelleri, 53), Pinamonti (Noslin, 53), Zakkani.