Bugun
22
O'zbek

Konseysau: «Goldan boshqa «Milan» hech qanday vaziyat yaratgani yo‘q»

Futbol
7 sentabr, 00:14
    10+
Italiya chempionati navbatdagi turida «Milan» va «Yuventus» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Konseysau: «Goldan boshqa «Milan» hech qanday vaziyat yaratgani yo‘q»
Foto: Gettyimages
06.09.2026 FT Italiya A seriyasi Yuventus Yuventus 1 : 1 Milan Milan

E’tiborli jihati, ushbu raqiblar qatorasiga uchinchi bor murosa ko‘chasini tanladi. Turin klubining portugaliyalik yarimhimoyachisi Fransishku Konseysauning fikricha, «Milan» bu bahsda hujumda deyarli hech nima qila olmadi va gol urilgan epizoddan boshqa esda qolarli vaziyat bo‘lgani yo‘q.

«90 daqiqadan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz g‘alabaga munosib edik. Golni inobatga olmasak, «Milan» yana nima qildi? Hech nima. Bu vaztiyatdagi barcha xavfni hisobga olsak, yutqazmaganimiz yaxshi bo‘ldi, ammo endi ishni davom ettirishimiz kerak, chunki oldinda hali uzoq yo‘l bor», - deya Konseysau so‘zlaridan iqtibos keltirdi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, A Seriya 4-turida «Yuventus» «Sassuolo»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Milan Milan
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar