«Jamoamiz ajoyib va chiroyli futbol ko‘rsatgan davr bo‘ldi. Buni kuzatish juda yoqimli edi. Keyin biroz yo‘ldan adashdik, chunki ko‘rishni istagan o‘yinimiz uchun to‘g‘ri poydevor yarata olmadik», — dedi Spalletti DAZN nashriga.
«Endi jamoamizga yangi futbolchilar qo‘shildi va avvalgi darajaga qaytib, uni barqaror saqlab qolishimiz mumkin deb o‘ylaymiz. Vaqt bu taxminlarimiz qanchalik to‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi. Menga jamoamiz yoqadi, u haqiqatan ham yaxshi. Ammo ligada boshqa kuchli jamoalar ham bor», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
«Yuventus» Italiya chempionatining dastlabki ikki turidan so‘ng 6 ochko jamg‘argan.