Live
9
O'zbek

Amorim: «Menda dunyodagi eng yaxshi tarkib bor»

Futbol
6 sentabr, 06:35
    5+
«Milan» bosh murabbiyi klubning transfer bozoridagi ishlariga yuqori baho berdi.
Amorim: «Menda dunyodagi eng yaxshi tarkib bor»
Foto: Getty Images

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning transfer bozoridagi ishlariga yuqori baho berdi.

«Mening futbolchilarim dunyodagi eng yaxshilardan, shuning uchun 8 yoki 9 ball qo‘ymayman. Biz sotib olgan har bir futbolchi jamoamizga ideal darajada mos keladi, shuning uchun 10 ball qo‘yaman. Menda dunyodagi eng yaxshi tarkib bor.

Vaziyatni hisobga olish kerak. Bizga turli xususiyatlarga ega bo‘lgan ikki nafar hujumchi kerak bo‘lishi mumkinligini tushunyapmiz. Nima bo‘lishini bilmaymiz, balki ushbu pozitsiyada biroz tanqislik yuzaga kelar.

Menimcha, hujumda pozitsiyalarini almashtirib turadigan uch futbolchi bilan ham o‘ynay olamiz. Ko‘rib turganingizdek, bu yerda biz ko‘pincha futbolchilarni individual tarzda qo‘riqlaymiz.

Shuning uchun, masalan, Kristian Pulishichga o‘xshash xususiyatlarga ega hujumchi ayrim uchrashuvlarda foydali bo‘lishi mumkin», — dedi Amorim.

Ma’lumot o‘rnida, «Milan» A Seriyadagi dastlabki ikki uchrashuvida «Torino» va «Venesia»ni mag‘lub etdi. Agar «Yuventus» ustidan ham g‘alaba qozonsa, Amorim klub tarixida Italiya chempionatidagi dastlabki uchta o‘yinini g‘alaba bilan boshlagan to‘rtinchi murabbiyga aylanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar