Italiyaning «Milan» klubining portugaliyalik hujumchisi Gonsalu Ramush yangi boshlangan mavsum uchun maqsadlari haqida gapirdi.
U sovrin haqida orzu qilmoqda - shu jumladan, Skudetto borasida ham.
«Agarda biz skudettoni qo‘lga kiritsak, men uchun mavsum muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘ladi. Menga yuqori bosim ostida harakat qilish yoqadi. Men bu jamoa bilan mo‘jiza yaratishni orzu qilaman. Bu yerga kelgan har bir inson tarixda qolishni istaydi. “Milan” – bu tarixning o‘zi. Biz yanada ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritmoqchimiz», - deya Ramush so‘zlaridan iqtibos keltirdi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» o‘tgan mavsum A Seriyada beshinchi o‘rinni egallagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi